Сообщения

Сообщения за июль, 2018

Nima uchun rivojlanmayapmiz ?

        Bu savolga o`z dunyoqarashim , o`z muhit atrofidagilardan kelib chiqib javob berishga urinib ko`raman . Menimcha muammoning katta qismi ta`lim tizimimizda . Savodsizlik maktab paytidan boshlanadi . O`quvchilarning poydevori mo`rt . O`qituvchilarni esa yo oladigan maoshlari qoniqtirmaydi yoki o`zlarida dars berish qobiliyati bo`lmaydi . Natijada bolalarga bo`lgan e`tiborni susaytirib yuborishadi . Chunki ularning dars o`tishdan ko`ra ko`proq ishlari bor  . Kollej  Kollejni esa " Neft va gazni tashish va saqlash texnik-mexanigi " degan yo`nalishida o`qib bitirganman . Lekin hatto neftning kimyoviy formulasini ham bilmayman . O`qituvchilarimiz ham bilishmasdi . Bu savolga har doim "CH"(Si,(H)ash ) deb javob berishardi. Uch yil shahodatnomam o`sha yerda turgan bo`lsa ko`paytirib sanasam  5 yoki 6 oy o`sha yerga borgandirman . Kollej umuman uyimdan uzoq emasdi  , 10 daqiqa piyoda yo`l .Bormasdim , vaqtimni qizg`onardim . Bu paytda men Matematika , Ingliz ti