Сообщения

Nima uchun rivojlanmayapmiz ?

        Bu savolga o`z dunyoqarashim , o`z muhit atrofidagilardan kelib chiqib javob berishga urinib ko`raman . Menimcha muammoning katta qismi ta`lim tizimimizda . Savodsizlik maktab paytidan boshlanadi . O`quvchilarning poydevori mo`rt . O`qituvchilarni esa yo oladigan maoshlari qoniqtirmaydi yoki o`zlarida dars berish qobiliyati bo`lmaydi . Natijada bolalarga bo`lgan e`tiborni susaytirib yuborishadi . Chunki ularning dars o`tishdan ko`ra ko`proq ishlari bor  . Kollej  Kollejni esa " Neft va gazni tashish va saqlash texnik-mexanigi " degan yo`nalishida o`qib bitirganman . Lekin hatto neftning kimyoviy formulasini ham bilmayman . O`qituvchilarimiz ham bilishmasdi . Bu savolga har doim "CH"(Si,(H)ash ) deb javob berishardi. Uch yil shahodatnomam o`sha yerda turgan bo`lsa ko`paytirib sanasam  5 yoki 6 oy o`sha yerga borgandirman . Kollej umuman uyimdan uzoq emasdi  , 10 daqiqa piyoda yo`l .Bormasdim , vaqtimni qizg`onardim . Bu paytda men Matematika , Ingliz ti
 2018-yil "Faol tadbirkorlik , innovatsion g`oyalar va texnologiyalarni qo`llab quvvatlash yili " DIQQAT ! Bu maqola 2015-yili chop etilgan 9-sinf Informatika , 2015-yili chop etilgan 8-sinf Informatika va 2017-yili chop etilgan 7-sinf Informatika darsliklari elektron varianti  asosida yozildi . Bu mening ilk blogpostim . Barcha o`zini qiynayotgan muammolar haqida yozayotgan ekan , men ham  abituriyent va AKT ishqibozi sifatida maktablarimiz uchun darslik sifatida tavsiya etilgan informatika darsliklari haqida bir og`iz gap ochsam . 21-asr texnologiyalar asri . Bugun har daqiqada texnologiyalar yangilanib , yangidan yangi standartlar joriy etiyapti . Men esa kompyuter texnologiyalariga qiziqadigan biror kishini qoniqtirmaydigan  7-9 sinflar uchun Respublika Ta'lim markazi tomonidan  tavsiya etilgan Informatika darsliklari haqida aytmoqchiman .2017-yili nashr etilgan 7-sinf darsligi avvalgilariga qaraganda ancha yaxshilangan ammo  kamchiliklardan xoli emas . Masalan