Nima uchun rivojlanmayapmiz ?

        Bu savolga o`z dunyoqarashim , o`z muhit atrofidagilardan kelib chiqib javob berishga urinib ko`raman . Menimcha muammoning katta qismi ta`lim tizimimizda . Savodsizlik maktab paytidan boshlanadi . O`quvchilarning poydevori mo`rt . O`qituvchilarni esa yo oladigan maoshlari qoniqtirmaydi yoki o`zlarida dars berish qobiliyati bo`lmaydi . Natijada bolalarga bo`lgan e`tiborni susaytirib yuborishadi . Chunki ularning dars o`tishdan ko`ra ko`proq ishlari bor  .
Kollej
 Kollejni esa " Neft va gazni tashish va saqlash texnik-mexanigi " degan yo`nalishida o`qib bitirganman . Lekin hatto neftning kimyoviy formulasini ham bilmayman . O`qituvchilarimiz ham bilishmasdi . Bu savolga har doim "CH"(Si,(H)ash ) deb javob berishardi. Uch yil shahodatnomam o`sha yerda turgan bo`lsa ko`paytirib sanasam  5 yoki 6 oy o`sha yerga borgandirman . Kollej umuman uyimdan uzoq emasdi  , 10 daqiqa piyoda yo`l .Bormasdim , vaqtimni qizg`onardim . Bu paytda men Matematika , Ingliz tili va Ona tili fanlari bilan tayyorlanish bilan band edim . Uch yil umrim shularga sarflandi . Lekin asosiy qiziqishim kompyuter texnologiyalari , dasturlash . Bular shug`ullanishga esa har doim to`siq topiladi . Bu soha bo`yicha topshirmoqchi bo`lganimda ota-onam  qarshi chiqishdi . Sababi amakivachcham shu sohani bitirib ishsiz yurgandi . Men iqtisod sohasini tanladim . Bu soha uchun kirish imtihonidagi fanlar majmuasi kollejdagi darslarga umuman to`g`ri kelmasdi . Shuning uchun repetitorlarga borardim . Unda nima uchun o`sha kollejga o`qishga kirding dersiz(balki  yo`q (o`zingiz tushungandisiz balki)). Kollej diplomi bilan biron nima qilib bo`larmidi . Demak kollej (litsey) diplomi oliy o`quv yurtidan boshqa joyga qabul qilinmaydi . Demak uch yil uchta fandan tayyorlanishga ketadi  . Shu uch yilni iloji boricha bezovta qilmaydigan joyda o`tkazish kerak . Shuning uchun o`sha yerni tanlaganman . Uch yil davomida o`zim qiziqqan narsalar bilan shug`ullanish uchun vaqt bo`lmaydi . Uch yilni o`sha uchta fanni o`zlashtirishga sarflayman . Ammo o`qishga kirgan taqdirimda o`sha uch fan keyingi o`qishim uchun ahamiyati bo`lmaydi . u yerda  boshqa narsalarni o`rganishim kerak :chet tillari , sohaga aloqador boshqa narsalar ... Men keyingi hayotimda kerak bo`lmaydigan ko`p narsani o`rganaman . Ish faoliyatimda oliy o`quv yurti talab qiladigan uch fanning (chet tillaridan tashqari) 10 yoki 20 foizi yetarli bo`ladi deb o`ylayman . Ko`p vaqtimni keraksiz narsalar uchun sarflayman . Menimcha , muammoning ildizi ,mana shu keraksiz narsalarni o`rganishda va talab qilishlarida . 
Yechim
        Yechimga kelsak  , test rejimini bekor qilish kerak menimcha. Kuchli nazoratdan ham o`tadiganlarni bilamiz , ular baribir qalloblik qilishga muvaffaq bo`lyapti . Testni kamaytirib ko`proq ijodiy narsalarni qo`shishsa yaxshi bo`lardi . Biroz mantiqiy savollar , soha bo`yicha ijodiy insho , qiziqishlari bo`yicha ijodiy insho bo`lsa menimcha yaxshi bo`lardi . Ta'lim bu kelajak .

 Lekin kelajakni e'tiborsiz qolidirishyapti !!!

Комментарии

Популярные сообщения из этого блога